Nima uchun xorijda ta'lim olishim kerak?

Chet elda tahsil olish, bu yuqori sifatli ta'lim olish, tajriba o'tkazish, yangi madaniyat va tilni o'rganish, global tafakkurga ega bo'lish demakdir. Barchangizga ma'lumki, tajriba va ko'nikmalarga ega bo'lgan mutaxasislar barchaga zarur. O'qishni bitirgandan so'ng, dunyodagi eng top kompaniyalarda amaliyot o'tab, yaxshi haq to'lanadigan ish joylariga ega chiqish mumkin. Hamda sayohatlar davomida unutilmas taassurotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

ISS Agency qanday xizmatlarni o'z zimmasiga oladi?

ISS Agency jamoasi mijozlarga quyidagi xizmatlarni ko'rsatadi: • Bepul konsultatsiya • Apostil xizmati • Hujjatlarni notarial tayyorlash • Anketa to'ldirish xizmati (hamma davlat elchixonalari uchun) • Onlayn navbat olish xizmati (hamma davlatlar uchun online interview belgilash) • Konsultatsiya xizmati • Tarjima xizmati • Sug'urta xizmati • Bank statement Bundan tashqari, sizning o'qishga qabul qilinishingizdan to joylashib olguningizgacha bo'lgan muddatda siz bilan muloqotda bo'lib, ko'mak beramiz.

ISS Agency qaysi davlatlar bilan hamkorlik qiladi?

Shu paytga qadar, ISS Agency dunyodagi 50 dan ortiq davlatlar va 300 dan ortiq nufuzli universitetlar bilan hamkorlik shartnomalariga ega. Hozirgi vatqda mijozlarimiz AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya, Norvegiya, Belgiya, Shvetsariya, Italiya, Polsha, Litva, Chexiya kabi rivojlangan davlatlarda tahsil olish barobarida sayohat qilib, unutilmas taassurotlarga ega bo'lmoqdalar.