Andijon Davlat Tibbiyot Instituti — Andijon shahrida joylashgan eng katta institutlardan biri hisoblanadi. Institut 1955-yilda tashkil topgan bo'lib, hozirgi kunda institutda besh mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Institutda 56 ta kafedra mavjud boʻlib, ularning umumiy shtatida 533 nafar professor oʻqituvchilar faoliyat yuritmoqda, shundan 36 nafari fan doktori, ularning 14 nafari professor unvoniga ega, 130 nafari fan nomzodi, ularning 104 nafari dotsent unvoniga ega. Institut boʻyicha ilmiy salohiyat 31.7 % ni tashkil etadi. Andijon davlat tibbiyot instituti 1955-yil Andijon shahrida tashkil etilgan. Oʻsha davr uchun juda zarur va tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha Fargʻona vodiysida yagona oliy taʼlim muassasasi boʻlganligi uchun institutni tez tiklash va faoliyatini yoʻlga qoʻyish borasida juda katta ishlar amalga oshrilgan.
Institutda oʻquv auditoriyalari, maʼruza zallari va laboratoriya oʻquv xonalari (biologiya, tibbiy kimyo, biologik kimyo, biofizika, mikrobiologiya, normal fiziologiya) zamonaviy oʻquv jihozlar (kompyuter, proyektor, smart televizori, elektron doska, laborator jiрozlar, virtual laboratoriya boʻyicha elektron shakllar) bilan jiрozlangan va oʻquv jarayonida keng foydalanilmoqda.
2019-2020 oʻquv yiliga ADTI klinikasida joylashgan jarrohlik yoʻnalishidagi umumiy jarrohlik, jarrohlik kasalliklari, urologiya, oftalmologiya, otorinolaringologiya, neyrojarrohlik kafedralarida telemeditsina yoʻlga qoʻyilgan. Talabalar oʻquv auditoriyalarida turib jarrohlik blokida olib borilayotgan jarrohlik muolajalarini kuzatib borishlari hamda jarroh bilan bevosita muloqot qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratilgan.
Institut dunyoning 43 ta nufuzli oliy taʼlim muassasalari va tibbiyot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. 2018-yilning oʻzida institut rahbariyati tomonidan 10 ta hamkorlik shartnomalari imzolandi. Rossiya Federatsiyasining 22 ta oliy taʼlim muassasalari va tibbiy markazlari bilan hamkorlik shartnomasi mavjud. Institutda hamkorlik shartnomalar doirasida OTM Kengashlar zalida nufuzli xorijiy OTMlari bilan distansion taʼlim oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilgan. 2018-2019 oʻquv yilida nufuzli xorijiy OTMlar ya'ni, Rossiya Federatsiyasining Pirogov nomidagi Rossiya Milliy tadqiqot tibbiyot universiteti, N.N.Burdenko nomidagi milliy ilmiy tekshirish neyrojarrohlik markazi, N.N.Bloxin nomidagi onkologiya ilmiy tekshirish markazi, Dogʻiston davlat tibbiyot universiteti, Janubiy Koreya Respublikasining Yonsey universiteti, Slovakiya davlatining Koshitsa universiteti va boshqa professor-oʻqituvchilari tomonidan 30 dan ortiq distansion maʼruza hamda master klasslar oʻtkazilgan.
Universitetning 1 yil uchun umumiy kontrakti 3 000$dan 3 500$gachani tashkil etadi.
The quick, brown fox jumps over a lazy dog. DJs flock by when MTV ax quiz prog. Junk MTV quiz graced by fox whelps. Bawds jog, flick quartz, vex nymphs. Waltz, bad nymph, for quick jigs vex! Fox nymphs grab
The quick, brown fox jumps over a lazy dog. DJs flock by when MTV ax quiz prog. Junk MTV quiz graced by fox whelps. Bawds jog, flick quartz, vex nymphs. Waltz, bad nymph, for quick jigs vex! Fox nymphs grab