
Usmoniylar imperiyasida eng yaxshi sayohat yohud barcha xarajatlar qoplanadigan ta’lim
Usmoniylar imperiyasida eng yaxshi sayohat yohud barcha xarajatlar qoplanadigan ta’lim
Barchangizga ma’lumki, bir qancha asrlar oldin, hozirgi Turkiya Usmoniylar imperiyasi asosida tashkil topgan. Turkiya bir vaqtning o’zida ikki qit’ada joylashgan bo’lib, qulay infratuzilmaga ega. Turkiya hukumati har yili o’sib kelayotgan yoshlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida, “Turkiye burslari” deb nomlangan, barcha xarajatlar to’liq qoplanadigan grant dasturini taklif etadi. Grant quyidagi xarajatlarni o’z ichiga oladi:
- Universitet kontrakti
- 1 yillik turk tili kursi
- 1 martalik aviachipta
- Tibbiy xizmatlar va sug’urta
- Oylik stipendiya
- Yotoqxona
Dasturda barcha xohlovchilar qatnashishlari mumkin bo’lib, 10-yanvardan 20-fevralgacha arizalar qabul qilinadi. Agarda siz ham ushbu dasturda ishtirok etmoqchi bo’lsangiz, hoziroq bizga murojaat qiling.